Toshkent prokurori va IIBB boshlig‘i “jinoyatchilik o‘chog‘i”ga bordi

Jamiyat

image

Kecha, 4 dekabr kuni Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov va IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latov Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash uchun poytaxtning jinoyatchilik o‘chog‘iga aylangan joyiga bordi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining yozishicha, Qosimov va Toshpo‘latov Bektemir tumanida joylashgan “Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori” AJ, “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ hamda “Kompass” savdo majmuasiga borib, tuman mas’ullari ishtirokida mazkur hududlarning jinoyatchilik o‘chog‘iga aylanganini tanqidiy muhokama qilgan.

Muhokama davomida jinoyatlarni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi yuzasidan topshiriqlar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2041

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing