“Toshkent-Ostona-Toshkent” yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning “Uzautotrans Service“ MCHJ va Qozog‘istoning “KazAvtoTrans“ korxonasi “Toshkent- Ostona-Toshkent” yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi. 

Mazkur yo‘nalish masofasi 1646 km bo‘lib, yo‘lovchilar 27 soat 30 daqiqqada manziliga yetkaziladi. Yo‘l haqi 312 000 so‘m etib belgilangan. Mazkur yo‘nalishda Qozog‘iston tomonidan VANHOOL O‘zbekiston tomonidan esa zamonaviy YUTONG avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.

Ostonadan avtobuslar Qozog‘iston vaqti bilan 15:00, 16:00, 17:00, 18:00da yo‘lga chiqadi. Poytaxt Toshkentdan esa 12:00, 14:00, 16:00, 18:00 da jo‘nab ketadi. 10 mart kunidan e’tiboran mazkur yo‘nalishda har kuni 1 tadan reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. Kelgusida esa qatnovlarni kuniga 4 marotabaga yetkazish ko‘zda tutilgan. 

Mazkur yo‘nalish bevosita Qozog‘istoning Qarag‘anda shahri orqali o‘tadi. Aynan bu yerda ham yo‘lovchilarni tushirish va olish nazarda tutilgan. Qarag‘anda shahrigacha yo‘lkira narxi 260 000 so‘mni tashkil etadi.

Shu kunga qadar Qozog‘iston Respublikasiga “Toshkent-Chimkent“, “Toshkent-Olmaota, “Toshkent-Qizil O‘rda“, “Toshkent-Turkiston“, “Nukus-Ushkunur“, “Chirchiq-Ushkunur“ yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent-Ostona-Toshkent

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar