Toshkent osmonida noma’lum jism ko‘rindi

Jamiyat

image

Bugun, 20 iyul kuni poytaxt Toshkent osmonida noma’lum jism aniqlandi. Videoda Toshkent osmonida noma’lum uchar jism uchib borayotgani ko‘rinadi.

Jismdan taralayotgan yorug‘lik kameralarda ham ilg‘angan. Osmonda ko‘rilgan jism soat 21:00 atrofida uchib o‘tgani aytilmoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlarda jism Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan "Soyuz-FG" raketasi ekani aytilmoqda.

Hodisa yuzasidan tegishli tashkilotlar rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing