Toshkent, Namangan va Buxoroda 36 kishi koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 14 iyun kuni Toshkent shahrida 22 nafar, Buxoroda 10 nafar va Namanganda 4 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahri va viloyatida jami kasallik aniqlanganlar soni 2755 nafar bo‘lib, endilikda shundan 1897 nafari sog‘aydi. Ayni paytda Toshkentdagi davolash muassasalarida 847 nafar infeksiyaga chalingan bemor davolanmoqda. 

Buxoroda esa shu paytgacha 475 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun viloyatda shifo topganlarning soni 467 nafarga yetdi. Shu kunlarda buxorolik shifokorlar 8 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqda. 

Namanganda esa jami kasallik qayd etilganlar  soni 273 nafar bo‘lib, endilikda shundan 258 nafari tuzaldi. Bemorlardan 4 nafari vafot etgan edi. Ayni paytda bu xududda davolanayotganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, bugun hozirgi soatgacha mamlakatda koronavirus infeksiyasidan 36 nafar bemor sog‘ayib, kasallikdan forig‘ bo‘lganlar 3910 nafarga yetdi. Infeksiyaga chalinganlar soni esa 4994 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing