Toshkent – Namangan – Andijon yo‘nalishida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 fevral kunidan boshlab, 64/63-sonli Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi Namangan vokzali orqali qatnovini amalga oshiradi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur poyezdlar haftada ikki marta, ya’ni 64-sonli yo‘lovchi poyezdi haftaning seshanba va juma kunlari Toshkent – Namangan – Andijon yo‘nalishida, 63-sonli yo‘lovchi poyezdi esa haftaning chorshanba va shanba kunlari Andijon – Namangan – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing