Toshkent metropoliteni jetondan butunlay voz kechmoqda
O‘zbekiston
−
24 Noyabr 2021 6843 1 daqiqa
Joriy yilning 1 dekabridan boshlab Toshkent metropolitenida yo‘l haqini to‘lash uchun jetonlarni qabul qilish to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qildi.
Qayd etish joizki, 2020 yilning noyabr oyidan boshlab Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar uchun jetonlarni sotish to‘xtatilib, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, metropolitenda to‘lovni QR kodli bilet, transport va bank kartalari hamda NFC orqali amalga oshirish mumkin.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr