Toshkent markazida A toifadagi savdo markazi sotuvlari boshlandi

Biznes

Tadbirkorlar diqqatiga! Toshkentning markazida kattagina biznesga ega bo‘lishni yoki mavjud biznesingizni rivojlantirishni istaysizmi? Unda aynan siz uchun yaxshi taklif. Poytaxt markazi – Mirobod tumanida Centris Towers biznes markazi o‘z sotuvlarini boshladi. 

Centris Towers – bir vaqtning o‘zida ham zamonaviy sharoit, ham ekologik toza muhitni taqdim etuvchi juda katta maydondagi biznes markazidir. U bir necha bloklardan iborat. A blok 20 qavatli, B blok 18, C blok esa 17 qavatli, D, E, F va G bloklari 12 qavatdan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan. Lokatsiya jihatdan ham juda qulay joylashgan ushbu arxitektura majmuasi estetika va funksionallikni uyg‘unlashtiradi. Poytaxtda qurilgan boshqa binolardan farqli o‘laroq, ushbu markazni qurishda asosiy e’tibor yashil teraslarga qaratilgan. Bu nafaqat inshoot atrofida toza havo bo‘lishini ta’minlaydi, balki har bir qavatda yoqimli va qulay muhitni yaratadi. 

Ham xaridorlar, ham tadbirkorlar uchun qulay jihatlardan yana biri shuki, 107 ming 504 kvadrat metr maydonni egallaydigan bino barcha turdagi xizmatlarni bir joyga jamlaydi. Jumladan, zamonaviy premium fitness klubi, avtosalon, avtomobil yuvish shoxobchasi, go‘zallik markazlari hamda jahon brendlarining keng assortimenti, aksessuar va zargarlik buyumlariga ega butiklar va do‘konlar xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi. Shuningdek, majmuaning 33 ming 770 m² maydoni alohida ofislar uchun ajratiladi. U yerdagi yig‘ilish xonalari hamkorlik uchrashuvlari uchun ideal muhitni taklif etadi.

Centris Towers turli bizneslarni qamrab olish bilan birga sifatli xizmat ko‘rsatishni ham ta’minlaydi. 24/7 faoliyat yurituvchi avtoturargoh shular jumlasidandir. Mashinalarning xavfsizligini ta’minlash uchun naq 728 ta to‘xtash joylariga ega 4 qavatli bino ajratiladi. Shuningdek, bu yerda mashinalardan tashqari mototsikllar va velosipedlar uchun maxsus joylar, elektr transport vositalari uchun quvvatlash stansiyalari mavjud.

Centris Towers qurilishi ham Toshkentda, allaqachon, o‘z loyihalari bilan ishonch qozongan Koc Group xoldingi tomonidan amalga oshirilmoqda. Shu vaqtga qadar xolding O‘zbekistonda “Hilton Tashkent City”, “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i, Prezident maktabi va boshqa bir qator binolar qurilishida ishtirok etgan. 

Shuni ham e’tiborga olish kerakki, savdo markazi Toshkentning qoq markazida, Amir Temur haykalidan bir necha daqiqa narida joylashgan. Bu nafaqat mahalliy xaridorlarni, balki poytaxt mehmonlarini ham majmuaga jalb qilish imkonini beradi. 

Shoshiling! Centris Towers tadbirkorlarni manfaatli taklif bilan sotuv ofisida kutadi.

☎️Telefon: +998(55)-515-44-44

Sayt: centristowers.uz

instagram: centris.towers

telegram: centristowers

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing