Toshkent marafoni Parij Olimpiadasiga yo‘llanma beradi
Sport
−
25 fevral 2023
3443Joriy yilning 24 fevral kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida 12 mart kuni o‘tkaziladigan V Toshkent Xalqaro marafoniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2200 nafardan ortiq ko‘ngilli Toshkent marafonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Ro‘yxatga olish yakuniga qadar bu raqamlar 5000 nafardan oshishi, poygalarda 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Shuningdek, matbuot anjumanida musobaqa Butunjahon yengil atletika federatsiyasidan tashrif buyuradigan ekspertlar tomonidan nazorat qilinishi va bahslarda Parij-2024 normativini bajargan atletlar Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkinligi ta’kidlandi.
Toshkent marafoni quyidagi masofalarda tashkil etiladi:
– Klassik marafon (42 km, 195 m);
– Yarim marafon (21 km, 97,5 m);
– 10 kmga yugurish;
– 3 kmga yugurish.
LiveBarchasi