Toshkent ko‘chalarida yigit nega yalang‘och yurgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha Telegram ijtimoiy tarmog‘ida kunduzi aholi gavjum ko‘chada yosh bir yigitni kiyimsiz holatda yurgani aks etgan video tarqaldi. Bu vaziyatga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat beldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea shu yilning 10 avgust kuni taxminan soat 16:30 da Chilonzor tumanidagi Muqimiy ko‘chasida 22 yoshli jizzaxlik Islom X. kiyimsiz yurganligi aniqlangan. Hududda xizmat olib borgan IIV xodimi yigitni ko‘rib qolib, hududiy bo‘linmaga xabar bergan. 

Voqea joyiga PPX avtoekipaji va profilaktika inspektori yetib kelib, Islomni Chilonzor tumani IIO FMB 3-son IIBga olib borishgan. 22 yoshli fuqaro bilan suhbat davomida u mast holatdaligida va yaqin tanishi bilan janjallashib qolganini aytgan. Janjaldan so‘ng u o‘z kiyimlarini yechib, ko‘chada sayr qilishni boshlagan.

Mazkur holat yuzasidan Islom X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 moddasi (“Mayda bezorilik”) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

3481

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing