Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘llashdi
Biznes
−
04 Oktabr 2021
17101Kecha Toshkent xalqaro kinofestivali yopilish marosimida, uning ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashdi. Murojaatni mashhur rus kinorejissyori va prodyuser Timur Bekmambetov o‘qib eshittirdi.
"Ipak yo‘li durdonasi" kinofestivali ishtirokchilari mamlakatimiz rahbariga ushbu afsonaviy kinovestivalni qayta tiklangani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.
"Qariyb chorak asrlik tanaffusdan so‘ng, sizning tashabbusingiz bilan qayta tiklangan "Ipak yo‘li durdonasi" 13-xalqaro kinofestivali ellikka yaqin mamlakat kinoijodkorlarini jamladi. Hafta davomida O‘zbekiston ekranlarida jahon kinematografiyasining so‘nggi yillarda suratga olingan eng sara asarlari namoyish etildi, sohadagi o‘zgarishlar haqida fikr almashildi, yoshlar uchun mahorat darslari tashkil etildi. Festival tufayli dunyoni qamrab olgan pandemiya sababli bir-birini uzoq vaqtdan beri ko‘rmagan insonlar yana uchrashishdi, uzoq kutilgan do‘stona uchrashuvlar va yangi tanishuvlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu kinofestival Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Toshkent xalqaro kinofestivalining barcha an’analarini o‘zida mujassam etganini va xalqaro talablar va standartlar asosida yuqori saviyada o‘tkazilganini mamnuniyat bilan qayd etmoqchimiz", deyiladi murojaatda.
Ishtirokchilar, O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va islohotlarni qayd etdilar.
"O‘zbekiston viloyatlariga sayohat davomida shaharlar qiyofasi va mamlakatingiz qanday darajada o‘zgarganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Biz o‘zbek xalqining mehmondo‘stligiga, samimiyligiga yana bir bor guvoh bo‘ldik. Ayniqsa, yoshlar va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun Siz yaratgan sharoitlar bizda katta taassurot qoldirdi.
Biz, soha vakillari sifatida, kino sanoati va kinematografiyani qo‘llab-quvvatlayotganingiz, jumladan, yaqinda 100 yilligini qarshi oladigan "O‘zbekfilm" studiyasining qayta tiklanishi, texnik jihozlanishi, Butunrossiya davlat instituti filialining ochilishi, Kino fondining qayta tiklanishi va o‘zbek filmlarining etalon nusxalarini qaytarilganligi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
"Ayniqsa, O‘zbekistonda boshqa davlatlar bilan hamkorlikda kino ishlab chiqarishnining yaxshi an’analari qayta tiklanganini, jumladan, bo‘lib o‘tgan kinoforumning o‘zida 10 dan ortiq muhim hujjatlar imzolanganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim, erishilgan kelishuvlar kinematografiya sohasidagi xalqaro hamkorlikka yangi turtki beradi", - deyiladi murojaatda.
Xulosa qilib aytganda, kinofestival ishtirokchilari O‘zbekiston kino sanoati dunyodagi eng rivojlangan tarmoqlardan biriga aylanishi uchun barcha sa’y -harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Ta’kidlash joizki, Prezidentga murojaat "Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali delegatsiyalari ishtirokidagi forumida bir ovozdan qabul qilindi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi