MAK: Toshkent xalqaro aeroportining tomidan suv o‘tmagan
Jamiyat
−
20 iyun 2019
5209Joriy yil iyun oyi boshida O‘zbekistonda noodatiy ob-havo hukm surdi. Hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, qator hududlarga sel keldi. Toshkent shahrida ham bir necha marta kuchli yomg‘irlar kuzatildi. Kuchli yomg‘ir natijasida Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportining yangi terminali tomidan suv o‘tib ketdi. Aeroport ichiga suv oqayotgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Toshkentda yog‘gan yomg‘ir bir narsani oydinlashtirdi: Poytaxtdagi aeroportlar favqulodda holatga tayyor emas.
"Toshkent" xalqaro aeroportidagi ushbu holatga "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi vakili matbuot anjumani vaqtida izohladi, deb xabar bermoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.
MAK vakilining so‘zlariga ko‘ra, aeroport tomidan chakki o‘tmagan. Binoning drenaj tizimidagi quvurlar shahar irrigatsiya tizimiga bog‘langan. Quvurlar orqali tomdagi suv pastga tushadi. Kuchli yomg‘irda suv toshib, quvurlarga suv yig‘ila boshlagan. Shift va tom orasida 1,5 metr joy bo‘lib, suv bosimini ko‘tarolmagan quvurlar suv toshib, oradagi bo‘shliqdan binoga kirgan.
Ta’kidlanishicha, quvurlar sekundiga 50 litr suv o‘tkazishga mo‘ljallangan. Yomg‘ir yog‘gan kuni bu hajm 300 foizga oshib ketgan va Toshkentga bir necha oylik namlik tushib ulgurgan.
MAK mutasaddisining qayd etishicha, hozirda favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilyapti. Aeroport tomidan suv o‘tib, xorijdan kelgan mehmonlar oldida sharmanda bo‘lgandan keyin dastur ishlab chiqishga zarurat tug‘ilgani achinarli.
LiveBarchasi