Toshkent xalqaro aeroportida yuk aravalari yetishmovchiligi kuzatilmoqda

Jamiyat

image

Bugungi kunda Toshkent xalqaro aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq muammo kuzatilmoqda. “Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bu vaziyat aeroportni bagaj aravachalari bilan ta’minlab kelgan “Abadiya Trade” kompaniyasi tomonidan shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga kelgan.

Ayni paytda “Uzbekistan Airports Handling” kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroporti uchun yangi yuk aravalar xarid qilish orqali muammoni hal qilish choralarini ko‘rmoqda. Yaqin kunlarda aeroportga 1000 ta yangi yuk aravalari yetkazib berilishi kutilmoqda. 

“Unga qadar aeroport xodimlari yo‘lovchilarga, ayniqsa ayollar va yoshi katta yo‘lovchilarga og‘ir yuklarni tashishda yordam berishadi”, deyiladi kompaniya xabarida.

“Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan va muammoni imkon qadar tezroq hal etishga va’da bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing