Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10 iyuldan test rejimida ochiladi

Jamiyat

image

Uzbekistan Airports kompaniyasi poytaxt aeroportidan uchayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent xalqaro aeroporti terminali estakadasi 10 iyuldan ochishni ma’lum qildi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Bunda:

  • Toshkent xalqaro aeroporti bilan shartnoma imzolagan litsenziyaga ega taksilar;
  • O‘zbekiston Turizm va sport vazirligining arizasiga ko‘ra, turistik avtobuslar hamda mikroavtobuslar;
  • VIP va Business Lounge orqali xizmat ko‘rsatiladigan xorij delegatsiyalari avtotransport vositalariga estakada bo‘ylab harakatlanishga ruxsat beriladi.

Toshkent xalqaro aeroportiga estakada orqali o‘tish qoidalari quyidagicha:

  • Estakadaning o‘ng liniyasi turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun mo‘ljallangan;
  • Estakadaning chap liniyasi taksilar harakati uchun mo‘ljallangan;
  • Turistik avtobus va mikroavtobuslar uchun estakada bepul, harakatlanish hamda yo‘lovchilarni qisqa muddatda tushirish vaqti 10 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 10 daqiqa uchun to‘lov undiriladi;
  • Taksilar uchun estakada bo‘ylab bepul harakatlanish hamda yo‘lovchilarni  qisqa muddatda tushirish vaqti 5 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 5 daqiqa uchun to‘lov undiriladi;
  • O‘ng va chap liniyalarni ajratib turuvchi sariq chiziqni bosish taqiqlanadi va uni bosish qoidabuzarlik hisoblanib, jarimaga sabab bo‘ladi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing