Toshkent davlat yuridik universiteti dunyoning TOP-500 oliygohlari ro‘yxatiga kirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi Times Higher Education tashkiloti o‘zining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) dunyoning 94 ta mintaqa va davlatlaridan qatnashgan minglab universitetlar orasida 401-o‘rinni egalladi. TDYUU mazkur reytingda O‘zbekistondagi OTMlar orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

TDYUU THE Impact Rankings 7 ta yo‘nalishida ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:  

  • SDG 4: Quality Education (ta’lim sifati) – 201-o‘rin;
  • SDG 5: Gender Equality (gender tengligi) – 401-o‘rin;
  • SDG 8: Decent Work and Economic Growth (munosib ish joyi va iqtisodiy o‘sish) – 201-o‘rin;
  • SDG 9: Industry, Innovation and Infrastructure (sanoat, innovatsiya va infratuzilma) – 401-o‘rin;
  • SDG 10: Reduced Inequalities (tengsizlikni qisqartirish) – 401-o‘rin;
  • SDG 16: Peace, Justice and Strong Institutions (tinchlik, adolat va kuchli institutlar) – 201-o‘rin;
  • SDG 17: Partnerships for the Goals (barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik) – 401-o‘rin.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing