Toshkent davlat stomatologiya institutiga yangi rektor tayinlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning fevral oyidan beri bo‘sh turgan Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori lavozimi to‘ldirildi. Tibbiyot fanlari doktori Nodir Qodirovich Haydarov institutga rektor etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Nodir Haydarov 2010 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Toshkent davlat stomatologiya instituti “Nevrologiya ” kafedrasi mudiri, Toshkent davlat stomatologiya instituti bolalar stomatologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019 yilda Xalq deputatlarining Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangan.

Institutning avvalgi rektori Jasur Rizayev fevral oyida Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodir Haydarov

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar