Toshkent davlat stomatologiya instituti va Rossiyaning MONIKI instituti o‘rtasida shartnoma imzolandi

Jamiyat

image

Mamlakatimizda milliy tibbiyot ta’limini modernizatsiya qilish, ushbu sohaga xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, aholi salomatligini muhofaza qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek ta’lim olayotgan yoshlarga yetarli shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Toshkent davlat stomatologiya instituti Rossiya Federatsiyasining yetakchi klinik-tadqiqot instituti MONIKI bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

MONIKI instituti 175 yillik tarixga ega bo‘lib, shifokorlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot izlanishlarini o‘tkazish, ilg‘or innovatsion davolash-tashxislash usullarini ishlab chiqish va tadbiq etishda yetakchilik kilmoqda.
O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi tibbiy oliy ta’lim muassasalari hamkorligidan kutilayotgan natija deb quyidagilarni e’tirof etish mumkin: 

Respublika tibbiyot-sanitariya muassasalari uchun yuqori malakali tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashni tashkil etish; 

uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish; 

tibbiyot sohasi ilm-fanini, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirish, ularni global ilmiy maydonga integratsiya qilinishini ta’minlashdan iborat.

Modernizatsiyalash jarayonlari, ta’lim va fan sohasidagi amaliy faol xalqaro hamkorlik hamda uni amaliyotga joriy qilish integratsiyalashuvsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Toshkent davlat stomatologiya instituti ham ta’lim va fan sohasida jahon talablariga mos ravishda yuqori malakali va raqobatbardosh tibbiyot kadrlarini tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.

 

Toshkent davlat stomatologiya instituti matbuot xizmati.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing