Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi

Biznes

image

Joriy yilning 27-29 oktyabr kunlari Rossiyaning Janubiy Ural davlat tibbiyot universitetida “Stomatologiya mikroskop ostida” xalqaro talaba – yoshlar Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro olimpiadadan ko‘zda tutilgan maqsad, dunyodagi stomatologiya yo‘nalishidagi talabalarning kognitiv tadqiqot va ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish, ularni kompetentligini sinash va raqobatdorligini oshirishdan iborat edi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti “Stomatologiya” fakulteti talabalari Maftuna Alisherovna Eshonxo‘jayeva “Eng yaxshi terapiya” nominatsiyasi mutloq g‘olibi va Mirzoir Mirabbos o‘g‘li Mirsoatov butunjamoa bellashuvi xisobida faxrli 2-o‘ringa sazovor bo‘ldilar.

Institut talabalarini jahon miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lishi, yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimida, hususan, oliy tibbiy ta’lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohatlarning ijobiy natijasi bo‘lib, bo‘lajak mutaxassislarni kasb mahoratlarini egallashga, ilm-fan sohasida egallayotgan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishda yetarli sharoitlar yaratilganlikdan dalolatidir.

Toshkent davlat stomatologiya instituti Axborot xizmati


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing