Toshkent davlat energetika universitetini tashkil etish taklif qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent davlat texnika universitetidagi fakultet negizida yangi Energetika universiteti tashkil qilish taklif etildi. Shu mazmundagi petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirildi.

“So‘nggi yillarda energetika sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda tizimda mavjud bo‘lgan muammolar ham talaygina. So‘nggi yillarda yurtimizda yangi ishlab chiqarish ob’ektlarining ishga tushirilishi yangi elektr quvvatlarining tashkil etilishiga ehtiyojni yuzaga keltirmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, yurtimizdagi energetika sohasi uchun bilimli va malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasini yanada dolzarb qilib qo‘ymoqda”, deydi murojaat muallifi.

Qayd etilishicha, energetika sohasi uchun kadrlar Toshkent davlat texnika universitetining Energetika fakultetida tayyorlanadi. Muallifning o‘z tajribasidan kelib chiqib ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda kadrlarning bilimi va saviyasi talab darajasida bo‘lmay qolgan.

“Yuqoridagi fikrlar energetika sohasi uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlash zaruratini nazarda tutadi. O‘zbekiston energetika tizimidan bir necha barobar kichik bo‘lgan qo‘shni Turkmaniston, Qozog‘iston va Tojikiston energetika tizimida ushbu soha uchun malakali kadrlarni tayyorlashga mo‘ljallangan Energetika universitetlari faoliyat yuritmoqda. Nafaqat energetika sohasida, balki barcha yo‘nalishlarda ham kadrlar asosiy hal qiluvchi kuch ekanligini unutmasligimiz kerak va asosiy e’tiborni tizimning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bilan birga, kadrlarni tayyorlash siyosatiga ham alohida qaratishimiz zarur”, deydi petitsiya muallifi.

U yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, Toshkent davlat texnika universitetining Energetika fakulteti negizida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzurida Toshkent davlat energetika universitetini tashkil etishni taklif qilgan.

Jamoaviy murojaat hozirgacha 194 ta ovoz olgan. Murojaatga ovoz berish muddati tugashiga yana 70 kun bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing