Toshkentda ayol 8-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida bir ayol to‘qqiz qavatli binodan o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘ldi. U sakkizinchi qavatning pod’ezdi derazasiga chiqib olgandi. Bu haqda IIVning “Postda” nashri xabar berdi

Qayd etilishicha, tumanning Boshliq mahallasi 3-uyning oldiga kelgan ichki ishlar organlari xodimlari 8-qavatga chiqqan. Ulardan biri pod’ezd oynasidan pastga sakrab o‘z joniga qasd qilishga urinayotgan ayol bilan ehtiyotkorlik bilan munosabatga kirishgan va uni gap bilan chalg‘itib, qo‘lidan mahkam ushlab, pod’ezd tomonga tortib olgan. 

Yordamga kelgan xodimlar ayolning ruhiy holatini o‘rganib, tibbiyot birlashmasiga olib ketgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing