Toshkent–Andijon yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi bekor qilindi
Jamiyat
−
30 mart 14744 1 daqiqa
Bugun, 30 mart kuni Toshkent–Andijon yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi bekor qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.
Unga ko‘ra:
- 733-sonli Andijon–Toshkent;
- 730/729-sonli Toshkent–Andijon–Toshkent;
- 92-sonli Toshkent–Andijon;
- 94-sonli Toshkent–Andijon yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi bekor qilingan.
Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlardagi poyezdlar harakati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- 30 va 31 mart kunlari 125/126-sonli Andijon–Xiva poyezdi Toshkent Janubiy bekatidan Xiva bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi;
- 2026 yil 30 mart kuni 129/130-sonli “Andijon–Termiz” poyezdi Toshkent Janubiy bekatidan Termiz bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi.
Qolaversa, xarid qilingan temiryo‘l chiptalari uchun to‘langan mablag‘lar yo‘lovchilarga to‘liq qaytarib berilishini ma’lum qilingan.
Live
Barchasi