Toshkent aeroportida ikki qizni chetga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi (video)

3-sahifa

image

“Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent xalqaro aeroportida 2 qizni mo‘may daromad va’da qilib, aldov yo‘li bilan Turkiyaga jo‘natayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nurafshon shahrida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan N.K. ismli ayol oson pul topish maqsadida Bekobod shahri va O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 21 yoshli ikki qiz – S.T. va M.M.ni katta pul topishga ishontirgan. U qizlarni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, odam savdosi jinoyatini sodir qilganlar 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq chet elda qonunga xilof ravishda O‘zbekiston fuqarolarining hujjatlarini olib qo‘ygan va ularni shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan ayol Turkiyada qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing