Toshkent aeroportida afg‘onistonliklar soxta pasport bilan ushlandi

Jamiyat

image

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Londonga soxta Britaniya pasportlari bilan uchib ketishga uringan yetti nafar Afg‘oniston fuqarosi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 avgust kuni yo‘lovchilar orasida pasport tekshiruvi o‘tkazilayotgan paytda “Toshkent-London” yo‘nalishining navbatdagi NU-201 reysi bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniya fuqarolari pasportini taqdim etgan yetti nafar yo‘lovchi reysdan olib chiqilgan.

Tekshiruv chog‘ida parvozdan to‘xtatilgan yo‘lovchilar o‘zlarini Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari deb tanishtirgan. 

Aniqlanishicha, ular Tojikistonda bo‘lgan vaqtlarida Buyuk Britaniya fuqarolarining qalbaki milliy pasportlarini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan va O‘zbekiston orqali Londonga uchib ketmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2 va 3-qismlari “b” bandi, shuningdek, 223-modda 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan 25-modda (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish; bir guruh shahslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda O‘zbekistondan chet elga noqonuniy chiqishga urinish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti

Baholaganlar

554

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar