Toshkent aholisini suv bilan ta’minlovchi inshootda nosozlik yuz berdi

Jamiyat

image

Toshkent aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o‘chish holati yuzaga keldi. Bu haqda "Toshkent shahar suv ta’minoti" MCHJ ma’lum qildi.

Shu tufayli Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik  suv ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda elektr ta’minoti qayta tiklandi, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. 2-3 soatda  Toshkent shahri suv ta’minoti o‘z maromiga qaytadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

166

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing