Toshkent 2022 yildagi arzon shaharlar ro‘yxatiga kirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston poytaxti Toshkent eng arzon shaharlardan biri bo‘lgan. U “The Economist Intelligence Unit” (EIU)  tashkiloti tomonidan har yili e’lon qilinadigan Jahon bo‘ylab yashash narxi indeksi reytingidagi 172 ta shahar ichidan 168 o‘rinni egallagan.

Bu yilgi indeksga ko‘ra, butun dunyoda o‘rtacha yashash narxi 8,1 foizga oshgan. Bunga Ukrainadagi urush va pandemiyaning uzoq davom etayotgani kabi omillar sabab bo‘lgan. 

“Ukrainadagi urush, G‘arbning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari va Xitoyning “nol-COVID” siyosati ta’minot zanjiri muammolarini keltirib chiqardi. Bu esa foiz stavkalarining oshishi va valyuta kursining o‘zgarishi bilan birgalikda butun dunyo bo‘ylab hayot narxining inqiroziga olib keldi”, deydi EIU’ning yashash narxi indeksi rahbari Upasana Dutt.

Qayd etilishicha, 172 ta shahar bo‘yicha o‘rtacha narxlarning o‘sish darajasi oxirgi 20 yil ichida eng yuqorisi bo‘lgan. O‘tgan yil kabi bu yil ham shaharlarda benzin narxining oshishi kuchli bo‘lgan, lekin shaharliklar uchun oziq-ovqat, kommunal xizmatlar va uy-ro‘zg‘or buyumlari qimmatlashgani yashash qiymati indeksiga katta ta’sir qilgan.

Shunday qilib, eng qimmat yildagi eng qimmat shaharlar o‘ntaligi bilan tanishing:

1.  Singapur va Nyu-York
2.  Tel-Aviv
3.  Gonkong
4.  Los-Anjeles
5.  Syurix
6.  Jeneva
7.  San-Fransisko
8.  Parij
9.  Kopengagen
10.  Sidney

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing