Toshkent hokimligi 16 yanvargacha tekin osh tarqatishini e’lon qildi. Kimlarga?

Jamiyat

image

2018 yildan buyon Jahongir Ortiqxo‘jayev boshqaruvida bo‘lgan Toshkent shahar hokimligi davom etayotgan anomal sovuq kunlarda, 16 yanvargacha aholiga tekin osh tarqatishga qaror qildi. Bu haqda hokimlikning Telegram’dagi sahifasida ma’lum qilindi. 

“Ayni kunlarda poytaxtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida 12 dan 16 yanvarga qadar Toshkent shahar hokimligi tomonidan aholiga to‘yxonalarda bepul osh tarqatish yo‘lga qo‘yilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bugun, 12 yanvar kuni soat 17:00 dan boshlab Shayxontohur tumanidagi “Versal” va Chilonzor tumanidagi “Afruz” to‘yxonasida, soat 18:00 dan boshlab Uchtepa tumanidagi “Vatan” va Yakkasaroy tumanidagi “Tabassum” to‘yxonasida, soat 19:00 dan boshlab Yangihayot tumanidagi “Shedevr” to‘yxonasi va Yashnobod tumanidagi “Go‘zal” mahalla idorasida tekin osh tarqatiladi. 

“Ushbu manzillarga yegulikka muhtoj aholi qatlami, kam ta’minlangan oilalar, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tashrif buyurishlari mumkin”, deyiladi hokimlik xabarida. 

Toshkent shahar hokimligi ushbu aksiya qaysi mablag‘lar evaziga tashkil qilinayotgani, bu qaysi korxonaga yuklanganiga aniqlik kiritmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing