Toshkent havosining ifloslanish darajasi hisoblab chiqildi
Jamiyat
−
22 iyun 2023
7267Bugun, 22 iyun kuni Toshkent shahrining ayrim hududlarida havo ifloslanish darajasi hisoblab chiqildi. Bu haqda “O‘zgidromet” Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 22 iyun kuni soat 09:00-10:00 oralig‘ida Yunusobod tumani “Bodomzor” yo‘lining turli qismlarida havoning mayda chang zarralari (RM 2,5) bilan ifloslanishi tekshirilgan.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, mazkur hudud havosidagi chang miqdori 8 mkg/m3 ni tashkil qilgan.
Ushbu hududlarda holat AQI – RM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning “yaxshi” darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi. Bu esa inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti me’yorlariga ko‘ra, RM 2,5 (havodagi muallaq qattiq mikroorganizmlar va mayda suyuqlik zarralari) zarrachalari miqdori kuniga 25 mikrogramm/metr³ (RM 2,5)dan oshmasligi kerak.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi