Toshkent Markaziy Osiyoda havo iflosligi bo‘yicha eng yomon shahar bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 23 sentyabr kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 6-o‘rinni egalladi. Bu haqda IQAir portali ma’lumotlarida keltirilgan.

Soat 10:11 holatiga ko‘ra, Toshkent havosida mayda PM 2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 38,9 mkg/m kubni tashkil etgan. 
 

Surunkali davom etayotgan bu holat jamoatchilik vakillari orasida ham muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, jurnalist Navbahor Imomova yaqin kelajakda bu vaziyat yaxshilanmasligini aytib chiqdi.

“O‘zbekiston poytaxti havosi eng buzuq shaharlar orasida birinchi. Na yashashga yaroqli, na ko‘chmas mulk sotib olishga, chunki muhit zaharli. Mamlakatning boshqa joylariga ketishga arziydi. Yaqin kelajakda vaziyat yaxshilanadi deya umid qilishga asos yo‘q. Toshkent orzular amalga oshadigan shahar emas. Sog‘liqni o‘ylang”, deya Instagram sahifasida yozib qoldirgan Imomova. 

Ma’lumot uchun, bunday ob-havo sharoitida aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, surunkali nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanishi tavsiya qilinadi. Ko‘chadan uyga kirgandan keyin yaxshilab yuz-qo‘llarni yuvish, xonada chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, eshik va derazalarni mahkam yopish va kuniga bir necha marta yaxshilab nam latta bilan tozalash kerak.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 sentyabr kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 1-o‘ringa chiqqandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent havo iflosligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing