Top 5 chempionat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzildi

Sport

image

“WhoScored” sayti ekspertlari joriy mavsumda Yevropaning top 5 chempionatlarida harakat qilgan (Angliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya) futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi. 

Qayd etish joizki, futbolchilar ramziy terma jamoaga mavsumdagi o‘yinlarda to‘plagan o‘rtacha ballari asosida tanlandi.

“WhoScored”  talqiniga ko‘ra, yil ramziy terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Mayk Menyan (“Milan”) – 6,92;

Himoyachilar: Joa Kanselu (“Manchester Siti”) – 7,43 (har bir o‘yindagi o‘rtacha balli), Joel Matip (“Liverpul”) – 7,35, Niko Shlotterbek (“Frayburg”) – 7,39, Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”) – 7,51;

Yarim himoyachilar: Kilian Mbappe (PSJ) –  8,04, Kevin de Bryuyne (Manchester Siti) – 7,64, Kristofer Nkunku (“RB Leypsig”) – 7,64, Lionel Messi (PSJ) – 7,77.

Hujumchilar: Karim Benzema (“Real”) – 7,69, Robert Levandovski (“Bavariya”) – 7,89.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing