TOP-20: jahon futbolining eng qimmat klublari e’lon qilindi

Sport

image

COVID-19 pandemiyasi futbolga ham sport jihatidan, ham moliyaviy jihatdan katta ta’sir ko‘rsatdi. “Forbes” nashri 2021 yil bo‘yicha mashhur futbol klublarining moliyaviy holatini e’lon qilganidan so‘ng, karantin cheklovlari futbolga qanchalik qattiq ta’sir qilgani yanada oydinlashdi.

Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-2020 yilgi mavsumda eng yaxshi 20 ta klubning o‘rtacha daromadi 2017-2018 yilgi mavsumga nisbatan 9,6 foizga, aniqrog‘i 441 million AQSH dollariga kamaydi.

O‘yinlarga tashrif buyurishni cheklash sababli tushumlar kamayganiga qaramay, 2021 yildagi eng qimmat futbol klublarining narxi ikki yil avval qayd etilgan ko‘rsatkichga nisbatan 30 foizga o‘sgan. Shuningdek, reytingda yangi liderlar paydo bo‘ldi.

So‘nggi 16 yil ichida Ispaniyaning Qirollik klubi “Real Madrid” (5 marta) yoki Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi (11 marta) ushbu reytingda doimiy ravishda yetakchilik qilib keldi. Bu yil esa qiymati 4,76 milliard AQSH dollariga baholangan Ispaniyaning “Barselona” klubi ilk marta peshqadamlikni qo‘lga oldi. 

TOP-20 talikdan Angliya Premer-ligasining birdaniga 9 ta klubi o‘rin egalladi.

Reyting quyidagi ko‘rinishda:

1. Ispaniyaning “Barselona” klubi. Qiymati – 4,76 milliard AQSH dollari;
2. Ispaniyaning “Real Madrid” klubi. Qiymati – 4,75 milliard AQSH dollari;
3. Germaniyaning “Bavariya” klubi. Qiymati – 4,215 milliard dollari;
4. Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi. Qiymati – 4,2 milliard dollari;
5. Angliyaning “Liverpul”. Qiymati – 4,1 milliard AQSH dollari;
6. Angliyaning “Manchester Siti” klubi. Qiymati – 4 milliard AQSH dollari;
7. Angliyaning “Chelsi”. Qiymati – 3,2 milliard AQSH dollari;
8. Angliyaning “Arsenal”. Qiymati – 2,8 milliard AQSH dollari;
9. Fransiyaning PSJ klubi. Qiymati – 2,5 milliard AQSH dollari;
10. Angliyaning “Tottenxem”. Qiymati – 2,3 milliard AQSH dollari;
11. Italiyaning “Yuventus”. Qiymati – 1,95 milliard AQSH dollari;
12. Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klubi. Qiymati – 1,9 milliard AQSH dollari;
13. Ispaniyaning “Atletiko”. Qiymati – 1 milliard AQSH dollari;
14. Italiyaning “Inter”. Qiymati – 743 million AQSH dollari;
15. Angliyaning “Everton”. Qiymati – 658 million AQSH dollari;
16. Italiyaning “Milan”. Qiymati – 559 million AQSH dollari;
17. Italiyaning “Roma”. Qiymati – 548 million AQSH dollari;
18. Angliyaning “Vest Xem”. Qiymati – 508 million AQSH dollari;
19. Angliyaning “Lester”. Qiymati – 455 million AQSHdollari;
20. Niderlandiyaning “Ayaks”. Qiymati – 413 million AQSH dollari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

413

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing