TOP-10: dunyo yulduzlarining Instagram sahifasida reklama narxi qancha?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi eng qimmat reklama amerikalik aktyor Dueyn Jonson sahifasiga tegishli. Bu haqda Buyuk Britaniyaning “hopperhq” kompaniyasi tomonidan yuritiladigan reytingda so‘z boradi

Ma’lum qilinishicha, Dueyn Jonsonning Instagram sahifasiga bitta reklama qo‘yish narxi 1 million 15 ming AQSH dollariga teng. Keyingi o‘rinlarda quyidagi dunyo yulduzlarining Instagram sahifalari turadi:

Ikkinchi o‘rinda Kayli Jenner – amerikalik model. Folloverlar soni: 222 million. Instagram sahifasida reklama narxi – 986 ming dollar.

Krishtianu Ronaldu и его жена приоделись в узбекские чапаны - Kadara.RU

Uchinchi o‘rinda Krishtianu Ronaldu – portugaliyalik futbolchi. Folloverlar soni: 271 million. Instagram sahifasida reklama narxi – 889 ming dollar.

To‘rtinchi o‘rinda Kim Kardashyan – amerikalik aktrisa, fotomodel. Folloverlar soni: 221 million. Instagram sahifasida reklama narxi – 858 ming dollar.

Beshinchi o‘rinda Ariana Grande – amerikalik qo‘shiqchi. Folloverlar soni: 191 million. Instagram sahifasida reklama narxi – 853 ming dollar.

Oltinchi o‘rinda Selena Gomes – amerikalik qo‘shiqchi, aktrisa. Folloverlar soni: 217 million. Instagram sahifasida reklama narxi – 848 ming dollar.

Yettinchi o‘rinda Beyonse – amerikalik qo‘shiqchi. Folloverlar soni: 169 million. Instagram sahifasida reklama narxi – 770 ming dollar.

Sakkizinchi o‘rinda Jastin Biber – kanadalik qo‘shiqchi. Folloverlar soni: 167 million. Instagram sahifasida reklama narxi – 747 ming dollar.

To‘qqizinchi o‘rinda Teylor Svift – amerikalik qo‘shiqchi, aktrisa hamda rejissyor. Folloverlar soni: 151 million. Instagram sahifasida reklama narxi – 722 ming dollar.

O‘ninchi o‘rinda Neymar – braziliyalik futbolchi. Folloverlar soni: 147 million. Instagram sahifasida reklama narxi – 704 ming dollar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

703

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing