Toni Kross “Real” bilan shartnomasini uzaytirdi

Sport

image

Toni Kross “Real” tarkibida 233 ta o‘yin o‘tkazib, 13 bor gol urgan hamda 59 golli uzatmani amalga oshirgan. 

“Real” yarim himoyachisi Toni Kross klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgan. Bu haqda “Qirollik klubi” axborot xizmati xabar tarqatdi. 

Germaniyalik 29 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2023 yil 30 iyungacha tuzildi. 

Toni Kross “Real” tarkibida 233 ta o‘yin o‘tkazib, 13 bor gol urgan hamda 59 golli uzatmani amalga oshirgan. 

Futbolchi Germaniya terma jamoasi bilan Jahon va Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Real Madrid” safida uch bora UEFA Chempionlar ligasi bosh sovrinini, ikki bor UEFA superkubogini hamda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing