Toni Kroos terma jamoadagi faoliyati borasida bir qarorga keldi

Sport

image

Toni Kroos Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini hali tugatmoqchi emas. Bu haqda “Real”ning germaniyalik yarim himoyachisi kecha, 6 iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi

“Terma jamoa chaqiruvi har bir futbolchi uchun o‘ta muhim chorlov, sababi unga vatandoshlari ko‘z tikib turadi, ularning ishonchini esa oqlash kerak. Ko‘pchilik so‘rayapti, terma jamoadagi faoliyatimni yakunlaymanmi? Yo‘q, men buni xohlamayman. Hali bu yerda erishmoqchi bo‘lganlarim ko‘p. 

Shunday bo‘lsa-da, “Yevro-2020” tugaganidan so‘ng Flik bilan bu borada yana bir bor gaplashib olaman. Men uni ancha yillardan beri taniyman, aminmanki, u eng to‘g‘ri qarorni menga aytadi. Vatanimga yordam berishga har doim tayyorman”, deydi Kroos.

Ma’lumot uchun Toni Kroos terma jamoadagi faoliyatini 2010 yilda boshlagan va bu vaqt davomida u Germaniya libosida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan. 2014 yilda esa Braziliya maydonlarida o‘tkazilgan mundialda chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing