Tonga Qirolligida koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi
Olam
−
31 Oktabr 2021
6044Tinch okeanida joylashgan Tonga Qirolligida pandemiya boshlanganidan buyon ilk bor koronavirusga chalingan bemor qayd etildi. Kasallik ushbu davlatga tashrif buyurgan sayyohda aniqlangan. Bu haqda Tonga Sog‘liqni saqlash vaziri Siale Akauola ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sayyoh Yangi Zelandiyadan uchib kelgan va u Tongaga kelganida emlangan bo‘lishiga qaramay COVID-19 uchun topshirgan testi ijobiy natija bergan. U birinchi emlashni sentyabr oyining oxirgi haftasida, ikkinchisini esa oktyabr oyining o‘rtalarida olgan.
O‘z navbatida, Yangi Zelandiya Sog‘liqni saqlash vazirligi sayyoh jo‘nashdan oldin COVID-19 testi salbiy natija berganini tasdiqlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Tonga aholisining qariyb 31 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan va 48 foizi vaksinaning kamida bitta dozasini olgan.
Tonga xuddi shu nomdagi arxipelagning 177 ta orolida joylashgan. U shimolda Samoa suvlari, sharqda Niue, g‘arbda Fiji bilan chegaradosh. Qirollik aholisi taxminan 100 ming kishini tashkil qiladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmaniston, Shimoliy Koreya, Tuvalu va Nauruda ham koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan.
LiveBarchasi