Tom Kruz kosmosda rol o‘ynagan ilk aktyor bo‘lishi mumkin
Madaniyat-san’at
−
05 dekabr 2020
8850Amerikalik aktyor Tom Kruz "Uddalab bo‘lmas topshiriq" filmini suratga olish ishlari uchun kosmosga borishga umid qilmoqda. Bu haqda "Sun" xabar bergan.
Qayd etilishicha, Gollivud yulduzi o‘z rejasini amalga oshirish uchun katta mablag‘ sarflashga qarshi emas va bu haqda AQSH Milliy aviatsiya va kosmik ma’muriyati vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Manbaning yozishicha, Kruzga buni tashkil qilish mumkinligi haqida aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi boshlarida Tom Kruz va tadbirkor Ilon Mask NASA bilan hamkorlikda inqilobiy loyiha ustida ish boshlagani aytilgandi.
SpaceX asoschisining o‘zi Ilon Mask esa Mars sayyorasiga birinchi odam yaqin olti yil ichida borishi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi