“Tolibon” yetakchisi hukumat tuzish uchun Qobulga yetib keldi

Olam

image

Bugun, 21 avgust kuni “Tolibon” harakati siyosiy qanoti rahbari Abdul G‘ani Barodar hukumat tuzish masalasini muhokama qilish uchun Afg‘oniston poytaxti Qobulga keldi. Bu haqda “Agence France-Presse” nashri xabar berdi.

“U inklyuziv hukumat tuzish uchun uchrashuvlar o‘tkazgani Qobulga keldi”, deydi “Tolibon”ning yuqori lavozimli vakili. 

Xabarga ko‘ra, tashrifning boshqa tafsilotlari oshkor qilinmagan.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

364

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing