“Tolibon” vazir o‘rinbosarlarini tayinladi

Olam

image

“Tolibon” harakati Afg‘onistonning yangi hukumatidagi vazirlarning o‘rinbosarlari ro‘yxatini e’lon qildi. Toliblar vakili Zabihulla Mujohid vakiliga ko‘ra, ro‘yxatda ayollar yo‘q. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“(Toliblar yetakchisi Haybatulla Oxundzodanning) farmoniga binoan Islom Amirligida quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi... Professionallik va malakaga asoslangan tayinlovlar amirlik tuzilmalarini yanada mustahkamlash va standartlashtirishga yordam beradi”, deydi Mujohid.

Ro‘yxatda turli vazir o‘rinbosarlaridan tashqari, ayrim ishbilarmonlar va o‘z sohasining mutaxassislari, vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani ko‘rsatilgan. Xususan, Xoji Noruddin Azizi vaqtincha Savdo vaziri, Abdul Bari Umar Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH harbiylari Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy missiyani joriy yilning 31 avgust kuni to‘liq yakunladi. Biroq, amerikaliklar afg‘on diyorini tark etishni yakunlamasidan 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyat almashdi. “Tolibon” 15 avgust kuni Qobulga kirib borishdi va ertasi kuni urush tugagani haqida e’lon qildilar. Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani “qirg‘in-barotni oldini olish maqsadida” mamlakatni tark etdi.

6 sentyabr kuni toliblar Afg‘onistonning 34 provinsiyasidan eng so‘nggisi – Panjsher ular nazoratiga o‘tganini e’lon qildi. Ertasi kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumatining yangi tarkibi e’lon qilindi.

Qayd etish kerakki, AQSHni holdan toydirgan Afg‘onistondagi kampaniyani Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi Prezidentlar yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlari olib chiqib ketildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing