“Tolibon” O‘zbekiston va Tojikistonga olib qochilgan samolyotlarni AQSHdan so‘rashni boshladi

Olam

image

“Tolibon” harakati AQSHdan sobiq hukumat nazoratidagi afg‘on uchuvchilari O‘zbekistonga olib ketgan samolyot va vertolyotlarni topshirishni so‘radi. Bu haqda “Tolo News” nashri xabar berdi.

Uning qayd etishicha, Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng afg‘on uchuvchilari O‘zbekiston va Tojikistonga samolyotlar tashigan.

“Tojikiston va O‘zbekistonga olib ketilgan vertolyotlar afg‘onlarning mulki”, deydi Afg‘oniston Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub Mujohid.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH 2021 yil bahorida o‘z Qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketishini e’lon qilganidan keyin “Tolibon” harakati Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 15 avgust kuni “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa Respublikani tark etdi. 6 sentyabrda toliblar butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida e’lon qilgan bo‘lsa, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.

Afg‘onistonda hukumat ag‘darilganda afg‘on uchuvchilari nafaqat Tojikiston, balki O‘zbekistonga ham harbiy texnikalar bilan qochib o‘tgan. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashevning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yil 21 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 46 ta, Tojikistonda esa 18 ta samolyot bor edi, ular orasida Mi-17, UH-60 vertolyotlari, shuningdek, PC-12, C-208, AC-208 va A-29 samolyotlari bor.

"Tolibon" harakati rasmiy Toshkent va Dushanbega bir necha bor uchoqlarni qaytarish borasida so‘rov yuborgan. Ammo O‘zbekiston tomoni "Tolibon"ning talab qilishiga qaramay, uchoqlarni Afg‘onistonga qaytarish niyatida emas. Rasmiy Toshkent texnikalarni AQSHga topshirishga qaror qilgan. Negaki, texnikalarni afg‘on hukumatiga Vashington bergan

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi samolyotlar Afg‘onistonga qaytarilmasligini aytgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

439

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing