“Tolibon”ning taniqli ulamosi portlashda halok bo‘ldi
Olam
−
12 avgust 2022
12671Afg‘oniston poytaxti Qobulda “Tolibon” bilan yaqin aloqada bo‘lgan va ayollarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi fatvo chiqargan taniqli afg‘on ulamosi Shayx Rahimulloh Haqqoniy portlashda halok bo‘ldi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Voqea joyidan olingan xabarlarga ko‘ra, Haqqoniy islom diniy seminariyasi devorlari ichida o‘ldirilgan.
“Tolibon” vakillarining jurnalistlarga aytishicha, portlash protez oyoqqa bomba o‘rnatib, shayxning idorasiga kirgan shaxs tomonidan sodir etilgan.
Ushbu harakat uchun mas’uliyatni "Tolibon" o‘z zimmasiga olgan. Haqqoniy o‘tgan yili “Tolibon” hokimiyatga kelganidan beri Afg‘onistonda o‘ldirilgan eng taniqli shaxslardan biriga aylandi.
“Bu Afg‘oniston Islom Amirligi uchun katta yo‘qotish”, deydi “Tolibon”ning yuqori martabali mulozimi. Uning qo‘shimcha qilishicha, rasmiylar aybdorlarni aniqlash uchun tergov ishini boshlagan.
Aytish joizki, Shayx Haqqoniyga allaqachon ikki marta suiqasd uyushtirilgan. So‘nggisi 2020 yilda sodir bo‘lgan, o‘shanda Pokistonning Peshovar shahridagi diniy maktabda yuz bergan portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgan. Bu harakat uchun javobgarlikni ISHID ham o‘z zimmasiga olgan.
LiveBarchasi