“Tolibon”ning 10 vakili ovqatdan zaharlanib, vafot etdi

Olam

image

Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida “Tolibon”ning 10 nafar vakili ovqatdan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda “Khaama Press” agentligi ma’lumotlariga tayanib, TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 17 mart kuni viloyatning markaziy qismida sodir bo‘lgan. Kamida 10 kishi zaharlangan ovqatni iste’mol qilgan va ko‘p o‘tmay vafot etgan. Ularning barchasi hududdagi nazorat punktini qo‘riqlagan. Ta’kidlanishicha, bu oldindan rejalashtirilgan harakat bo‘lgan. Biroq uni qaysi tashkilot amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligiga aniqlik kiritilmagan. 

"Tolibon"ning mahalliy ma’murlari esa bu xabarni tasdiqlamagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq harakat ichida kelishmovchilik kuchaya boshlagani haqida xabar berilgandi. So‘nggi vaqtlarda, ayniqsa, mamlakatda ayollarning ta’lim olishi taqiqlanganidan keyin harakat rahbarlarining umumiy qarashlariga putur yetdi va ziddiyatlar kelib chiqa boshladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing