“Tolibon” xorijiy davlatlarga taklif bilan chiqdi
Olam
−
20 avgust 2021
30663Afg‘oniston xalqi hozirda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy sohasini tiklashda boshqa davlatlar yordamiga muhtoj. Bu haqda bugun, 20 avgust kuni “Tolibon” vakili Muhammad Suhayl Shohin ma’lum qilgan.
Harakat vakilining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston urush va vayronagarchilik davridan chiqdi, endi u yangi – rivojlanish bosqichiga kiryapti
“Menimcha, Afg‘oniston xalqi hozirda boshqa davlatlarning yordamiga muhtoj, ular bizga sog‘liqni saqlash, infratuzilma, ta’lim va boshqa sohalarda yordam berishlari kerak. Ular kelib bizning mineral resurslarimizni ishlab chiqarishi mumkin. Bu bizning barcha mamlakatlarga umumiy taklifimizdir. Ular bizga tariximizning eng muhim lahzasida yordam bersalar, biz ham ularni qadrlaymiz”, deydi Suhayl Shohin.
Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat "Tolibon" harakati nazoratiga o‘tdi. O‘sha kuni Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.
Kecha, 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. Boshqa tomondan esa sobiq Prezident Ashraf G‘anining birinchi vitse-prezidenti Amrulloh Solih o‘zini davlat rahbari vazifasini bajaruvchi, deb e’lon qildi.
Durdona Pirnazarova
LiveBarchasi