“Tolibon” qo‘liga o‘tgan Afg‘onistondan qancha odam qochib ketdi?

Olam

image

Elchixona va xalqaro gumanitar guruhlarda ishlagan 12 mingga yaqin xorijlik va afg‘on “Tolibon” hokimiyatga kelganidan buyon Afg‘onistonni tark etgan. Bu haqda NATO vakili ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“Evakuatsiya jarayoni sekin kechmoqda, chunki bu xavfli. Biz toliblar yoki tinch aholi ishtirokidagi to‘qnashuvlarni aeroportdan tashqarida bo‘lishini istamaymiz”, deya ta’kidlagan shaxsi sir saqlanishini istagan NATO vakili.

Avvalroq, harakat vakili “Tolibon” Qobul aeroportidagi tartibsizliklarga aloqador ekanini rad etgandi. Uning ta’kidlashicha, bunga aniq evakuatsiya rejasi yo‘qligi sabab bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. O‘sha kuni Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing