“Tolibon” ISHIDning 3 qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi
Olam
−
24 Sentabr 2021
8469“Tolibon” harakati ISHID terroristik tashkilotining uch nafar dala qo‘mondoni yo‘q qilinganini e’lon qildi. Bu haqda RIA Fan nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18-20 sentyabr kunlari ISHID Afg‘onistonda bir qator terrorchilik harakatlarini uyushtirgan. Buning oqibatida esa 20 dan ortiq tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgan.
Afg‘onistonning “Bakhtar” axborot agentligining xabar berishicha, aynan ISHIDning qo‘poruvchilik harakatlariga javoban “Tolibon” Jalolobodning Oxundzoda tumanida harbiy operatsiya olib borgan.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu operatsiya vaqtida “Tolibon”ning ham to‘rt nafar vakili halok bo‘lgan. Biroq harakat vakillari buni rad etgan.
Bundan tashqari, ISHIDga yordam berganlikda gumon qilinib o‘nlab odamlar hibsga olingan. Bu haqda Afg‘oniston Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulloh Mujohid xabar bergan. U afg‘on xalqi ISHIDni qo‘llab-quvvatlamasligi hamda ushbu kuch mamlakat uchun jiddiy xavf tug‘dirmasligini qo‘shimcha qilgan.
Joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” mamlakatda ISHIDga qarshi kurash rejalarini e’lon qildi. Xususan, Qobulda Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportda sodir etilgan teraktdan keyin IISHDga qarshi qator reydlar o‘tkazildi.
LiveBarchasi