“Tolibon” delegatsiyasi O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistonda hukmronlik o‘rnatgan “Tolibon” O‘zbekistonga Savdo vazirligi vakillari boshchiligidagi delegatsiyasini yubordi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Tolibon” amaldorlari va afg‘on ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyaga Savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy boshchilik qilmoqda.

Muzokaralar kun tartibidan savdo aloqalarini rivojlantirish, tranzit tartib-qoidalarini yengillashtirish va afg‘on biznesi duch kelayotgan muammolarni hal etish masalalari o‘rin olgan.

Tashrif 19 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili, Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilov Qobulga borganida kelishilgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov Qobulga tashrifi chog‘ida mamlakat Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiyni Afg‘oniston bo‘yicha iyul oyi oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing