“Tolibon” bir necha hudud ustidan nazoratni yo‘qotdi

Olam

image

Afg‘oniston milliy qarshilik fronti Qobul shimolidagi Parvon viloyati markazi Chorikor shahrini o‘z nazoratiga olgani va oqibatda toliblar katta yo‘qotishlarga uchraganini e’lon qildi. 

Front vakillarining Twitter sahifasida “Tolibon” Panjsher vodiysiga hujumni Xavak va Salang dovoni hamda Andarab vodiysi, Shotul tumani, Gulbahor shahri orqali davom ettirgani aytilgan. Qayd etilishicha, toliblar hujum boshlanishidan oldin Panjshernidagi aloqa kompaniyalarini, internet xizmatlari va elektr ta’minotini o‘chirib qo‘ygan.

Ta’kidlanishicha, Panjsherga qilinayotgan hujum arafasida “Tolibon” katta talafot ko‘rgan. O‘nlab toliblar vafot etgan. Front jangchilari orasida ham qurbonlar bor.

“Xovak dovonida toliblar kamida 100 kishini yo‘qotdi, Shotul tumanidagi guruh to‘liq mag‘lubiyatga uchradi, Salang viloyatidagisi qurshovga olindi”, deya tvit qoldirgan front vakili.

Shuningdek, ular qarshi hujum paytida front jangchilari toliblarni Chorikor shahridan quvishga muvaffaq bo‘lgani va Parvon viloyati markazini nazoratga olganini ham qayd etgan.

“Tolibon”ga qarshi frontga rahbarlik qilayotgan Ahmad Ma’sud tarafdorlari Badaxshon viloyatidagi toliblardan to‘rt tumanni qaytarib olgani ham aytilmoqda.

“Tolibon” Panjsher atrofida bo‘layotgan voqealarga hozircha izoh bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1283

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing