“Tolibon” “Al-Qoida” yetakchisi o‘ldirilishida Pokistonni aybladi

Olam

image

Pokiston Amerika uchuvchisiz uchoqlari Afg‘onistonga kirishi uchun osmonidan foydalanishga ruxsat bergan. Bu haqda “Tolibon” hukumati Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi mulla Muhammad Yoqub Mujohid aytib o‘tgan. 

Mujohid matbuot anjumani chog‘ida joriy yil iyul oyida “Al-Qoida” terrorchilik guruhi yetakchisi Ayman az-Zavohiriy o‘limi bilan yakunlangan dron zarbasiga to‘xtalib, Amerika Pokiston orqali Afg‘oniston havo hududini buzganini aytgan.

“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, dronlar Afg‘onistonga Pokiston orqali kirib kelgan. AQSH Pokiston havo hududidan foydalangan. Pokistondan havo hududidan bizga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikni so‘raymiz”, deydi u.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, Mujohidning bayonotlaridan xavotir bildirgan.

Departamentning qayd etishicha, hech qanday dalilsiz bu kabi faraziy bayonotlar afsuslanarli va mas’uliyatli diplomatik xatti-harakatlar normalariga ziddir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 iyul kuni AQSH Prezidenti Joy Bayden buyrug‘iga ko‘ra o‘tkazilgan operatsiyada “Al-Qoida” yetakchisi Ayman az-Zavohiriy o‘ldirilgandi. 

“Tolibon” matbuot kotibi Zabihulla Mujohid hujumni xalqaro kelishuvlarni buzish sifatida qoralagan va bu kabi harakatlar ham Afg‘oniston, ham AQSH manfaatlariga zid ekani haqida ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing