“Tolibon” AQSH bilan muzokara o‘tkazgani Qatarga uchib ketdi

Olam

image

“Tolibon” vakillari AQSH bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Qatarga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” Telegram-kanalida xabar berildi.

“Tolibon” tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqiy mazkur delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Guruh vakillari AQSH bilan ularni sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashlash, oltin zaxiralarini muzlatish va Amerika dronlarining Afg‘onistonga hujumiga chek qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi.

Ularning suhbatdoshlari amerikalik diplomatlar Tom Vest va Rina Amiri bo‘ladi. Amerikaliklar yaqinda Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qilgandi.

Qozog‘iston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, “Tolibon” amerikalik diplomatlarning afg‘onlarga yordam bermoqchiligini olqishlab, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish chora-tadbirlarini e’tirof etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Uest hamda Afg‘onistondagi ayollar huquqi bo‘yicha vakili Rina Amiri Qatarda “Tolibon” harakati emissarlari bilan uchrashishi aytilgandi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing