“Tolibon” Afg‘onistonda BMT ayol vakillarini mahramsiz yurmaslikka chaqirdi

Olam

image

“Tolibon” BMTning Gender tengligi va Ayollar huquqlarini kengaytirish tashkiloti rahbari Sima Baxus va delegatsiyasining boshqa ayollaridan mamlakatda o‘rnatilgan talablarga rioya qilishni so‘radi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 yanvar kuni Afg‘onistonning Qobul shahrida BMT delegatsiyasi hamda Tolibon vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv chog‘ida tolibonlar BMTning ayollar jamoasidan iborat delegatsiyasi mamlakatda afg‘on ayollar rioya qilishi uchun chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilishi kerakligi, jumladan, ayollar faqat mahrami hamrohligida sayohat qilishlari mumkinligini aytgan.

Biroq xonim Baxus “Tolibon” yetakchilarining uchrashuv bo‘yicha savollariga javob berib, bu bo‘yicha ulardan ko‘p narsa kutmaslik kerakligiga ishora qilgan.

Shuningdek, mamlakatga tashrif buyurgan BMT komissarlari “Tolibon”ga mamlakatdagi ayollarning hozirgi ahvoli, nafaqat ularning jahon hamjamiyatiga yo‘lini berkitishini, balki iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini tushuntirishga harakat qilgan.

Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi muzokaralardan so‘ng BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Amina Muhammad Qandahorga, Sima Baxus esa Hirotga yo‘l olgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing