”Tolibon“ Afg‘oniston sobiq Prezidentining ukasini hibsga oldi – OAV
Olam
−
07 noyabr 2022
9525Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Homid Karzayning ukasi Mahmud Karzay Kobul xalqaro aeroportida “Tolibon” tomonidan hibsga olindi. Bu haqda “Khaama Press” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Mahmud Karzay Dubayga uchib ketmoqchi bo‘lganida hibsga olingan.
Mahmud Karzay bungacha avvalgi hukumatda Shaharsozlik vaziri lavozimida ishlagan.
“Tolibon” uning hibsga olingani haqidagi xabarga hozircha izoh bermagan.
LiveBarchasi