“Tolibon” Afg‘oniston aholisiga yangi talab qo‘ymoqda
Olam
−
18 avgust 2021
42132“Tolibon” Afg‘oniston fuqarolaridan barcha qurol-yarog‘ va o‘qdorilarni topshirishni so‘radi. Bu haqda TASS yozyapti.
Xabarda ta’kidlanishicha, “Tolibon” harakati a’zolari mamlakat fuqarolaridan qurol-yarog‘ va o‘qdorilarni topshirish kerakligi, shuningdek endi ular ochiq harakat qilishini va soyada qolib ketmasligini aytgan. “Asta-sekin dunyo barcha rahbarlarimizni tanib oladi”, deydi harakat vakili.
Shuningdek, harakat vakili toliblarga Qobul ustidan nazorat o‘rnatilganini nishonlamaslik buyurilganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi