“Tolibon” afg‘on maktablarida o‘zbek tilini taqiqladimi? TIV axborot berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tolibon” harakati go‘yoki Afg‘oniston hududida maktab dasturidan o‘zbek tilini olib tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. 

O‘sha xabarlarda Afg‘onistonda Amir Temur, Shayboniyxon, Boborahim Mashrab, Mahmud G‘aznaviy, Abu Rayhon Beruniy merosining o‘rganilishi hamda navoiyshunoslikning ham taqiqlangani haqida xulosa qilingan. Ushbu norasmiy xabarlar yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, TIV vakilining “Tolibon” harakati rasmiy rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida ushbu axborotning haqiqatga zidligi ta’kidlangan.

Xabarga ko‘ra, “Tolibon” vakili o‘zbek tili pushtu va dari tillari bilan bir qatorda, bundan buyon ham Afg‘onistonning rasmiy tillaridan biri bo‘lib qolishini tasdiqlagan. Toliblar rasmiy vakilining ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbek tilini o‘rganish va rivojlantirishga mamlakat yangi rahbariyati alohida e’tibor qaratadi.

“Ba’zi bilimsiz “tahlilchi” va jurnalistlarning shubhali shov-shuvlar va “qaynoq fakt”lar ilinjida ochiqdan-ochiq buzib ko‘rsatilgan va yolg‘on axborotlarni tarqatayotgani esa afsuslanarli holatdir”, deyiladi TIV xabarida. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

867

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing